Ikki bosqichli Frontend musobaqasi
25-iyun, yakshanba kuni Codial akademiyasi Marg'ilon filialida Frontend bo'yicha 2 bosqichli musobaqa tashkillandi.
Ishtirokchilarga berilgan Figma dizayn va Rest API'lar orqali Frontend loyiha tuzish topshiriq qilib berildi.
Qizg'in va shiddatli kechgan musobaqada jami 25 ta dasturchi ishtirok etdi. Quyidagi qatnashchilar sovrindorlar qatoridan joy olishdi va belgilangan sovg'alar bilan taqdirlanishdi:
1️⃣ Ismoiljon Baxtiyorov
2️⃣ Jahongir Alijonov
3️⃣ To'ychiyev Azizbek
Codial'da o'qishni xohlaysizmi?
Kursga yozilish






